Mata: "De Xeaning ketishi uchun sabab ko'rmayapman"

Aslanov Jasurbek
15 may 2017, 18:43
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Xuan Mataning fikricha, darvozabon David de Xeaning klubdan ketishi uchun sabab ko'rmayapti.

Futbolchini mavsum davomida "Real" bilan bog'lashdi.

"U shu yerda baxtli. David Angliyaga ko'nikib qolgan. U men uchun buyuk futbolchi. Agar u jahonning eng yaxshi darvozaboni bo'lmasa, kamida kuchli uchlikka kiradi.

De Xea tufayli mavsum davomida ko'plab ochkolarga ega bo'ldik. Uning ketishi sabab ko'rmayapman" - deydi Mata.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Football Espana