Manchester Yunaytedga Chelsi hujumchisi kerak

Khoja
11 noya 2024, 11:00
Manchester Yunayted Chelsi hujumchisi Kristofer Nkunkuga qiziqishi bildirmoqda.

Qizil iblislar futbolchining atrofida sodir bo'layotgan voqealarni yaxshilab o'rganmoqda. Agar Chelsi qishda hujumchini sotuvga qo'ysa, MYU bu imkoniyatdan foydalanib qolmoqchi.

Joriy mavsum Nkunku barcha musobaqalarda 17 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Uning hisobida 10 ta gol bor. Hujumchining londonliklar bilan tuzgan shartnomasi 2029 yilga qadar mo'ljallangan. Futbolchining transfer narxi 65 million evroga baholanmoqda.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: championat.com