"Aston Villa" "Chelsi" va PSJ hujumchilarini tarkibiga qo'shib olmoqchi

Mirjalol Normatov
24 avg 2025, 13:13
"Aston Villa" "Chelsi" hujumchisi Kristofer Nkunku bilan muzokaralar olib bormoqda.

27 yoshli hujumchiga bunga qadar "Bavariya" hamda "Leyptsig" ham da'vogarlik qilgandi.

Shuningdek, Birmingem klubi PSJdan Marko Asensioni jamoaga qaytarishni reja qilmoqda. Asensio o'tgan mavsumning ikkinchi qismini ijara asosida "Aston Villa"da o'tkazgan va 13 o'yinda 3 gol hamda 1 assist qayd etgan.

Agarda "Villa" Asensioni qaytargan taqdirda ham Kristofer Nkunku bilan shartnoma imzolashga qarshi emas.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: x.com/FabrizioRomano