"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi sobiq jamoasiga qaytishi mumkin

Mirjalol Normatov
25 apr 2018, 20:18
"Football Italia" xabariga ko'ra, "Atletik" yozda MYU futbolchisini sotib olishni istamoqda.

Manbaning ma'lum qilishicha, bilbaoliklar yozda Ander Errerani transfer qilib, klubning eng ko'p maosh oluvchi futbolchisiga aylantirmoqchi. U 2011 yildan 2014 yilga qadar "Atletik" sharafini himoya qildi.

Bu mavsumda 28 yoshli Errera MYU tarkibida 35 uchrashuvda qatnashib, 2 gol kiritdi va 2 bora golga hammualliflik qildi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Football Italia