"Manchester Siti" hujumchisi bilan 5 yillik shartnoma imzolaydi

Mirjalol Normatov
12 mar 2023, 12:18
"Manchester Siti" hujumchisi Xulian Alvares klubi bilan shartnomani 2028 yil yoziga qadar uzaytiradi.

Jurnalist Fabricio Romanoning yozishicha, argentinalik hujumchi "Manchester Siti"ning taklifiga rozilik bergan. Yangi shartnoma kelasi haftada imzolanadi. U 2028 yilgacha amal qiladi. JCH-2022da o'zini yaxshi ko'rsatgan forvardning "Siti"dagi maoshi sezilarli oshishi kutilmoqda.

Ushbu mavsumda Xulian "Manchester Siti" tarkibida 31 o'yinda qatnashib, 10 gol va 3 assist qayd jtdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: twitter.com/fabrizioromano