Manba: Modrich "Real" bilan yangi shartnoma imzoladi

Sherzod Nurmatov
29 may 2022
Madridning "Real" klubi xorvatiyalik yarim himoyachisi Luka Modrich bilan kelishuvni uzaytirdi, deya xabar berdi jurnalist Fabricio Romano.

Manbaga ko'ra, 36 yoshli yarim himoyachining "qirollik klubi" bilan yangi shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.

Qayd etilishicha, tomonlar ikki oy avval yangi shartnoma borasida to'liq kelishib olishgan, biroq bu kelishuv og'zaki bo'lgan. Endi barcha kerakli hujjatlar imzolandi va faqat "Real Madrid"ning rasmiy bayonotini kutish qoldi.

Kecha Modrich "Real" bilan birgalikda navbatdagi Chempionlar Ligasida g'alaba qozondi. Bu klub uchun o'n to'rtinchi, Luka uchun esa beshinchi shunday sovrin edi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia