"Lyucern" darvozaboni Cibungning yuziga "Grassxopper" bilan o'yindan so'ng 4ta chok tushdi

Tolibjon Qosimov
26 sen 2013, 14:14
Shveytsariya chempionati to'qqizinchi turi doirasidagi "Lyucern" va "Grassxopper" o'rtasidagi o'yin sal qolsa fojia bilan yakun topay dedi.
O'yinning 77- daqiqasida Izet Xayrovich katta tezlikda kelayotib, to'pga tashlangan "Lyucern" darvozaboni David Cibungning yuzini oyoq kiyimi "tishlari" bilan bosib o'tib ketti. Qonga belangan futbolchi o'sha zahotiyoq mahalliy shifoxonalardan biriga olib ketildi. Yaxshiki, uning jag'i singan bo'lishi mumkinligi haqidagi taxminlar o'zini oqlamadi. Uning yuziga to'rt joydan chok tushdi va kechga yaqin unga javob berib yuborishdi. 

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.com