Lyov sog'ligidagi muammosi sabab Germaniya terma jamoasini yaqinlashayotgan o'yinlarda boshqarolmaydi

Alisher
31 may 2019, 15:47
Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Yoaxim Lyov sog'ligi bilan muammolarga duch kelmoqda.

Murabbiy kasalligi bois milliy terma jamoaning Belarus va Estoniyaga qarshi bo'ladigan o'yinlarini o'tkazib yuboradi. Uning tomirlari shikastlangani bois shifoxonaga yotqizilgan.

Lyovning o'rniga uning yordamchisi Markus Zorg milliy jamoani boshqarib turadi.

"Men allaqachon o'zimni yaxshi his qilyapman, ammo keyingi to'rt hafta mobaynida tanamga dam berishim kerak.

Men har doim shtabim bilan aloqadaman va biz o'yinoldi jarayonlarida bir-birimizni qo'llab-quvvatlaymiz", - deydi Lyov.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: www.dfb.de