Lukaku "Inter" bilan shartnoma tuzish uchun Milan shahriga yetib keldi

8 avg 2019, 19:15
"Manchester Yunayted" hujumchisi Romelu Lukaku A Seriyaga o'tishga yaqin.

Bugun tunda belgiyalik Milan shahriga yetib keldi va deyarli tibbiy ko'rikdan o'tib bo'ldi. Yaqin orada futbolchi "Inter" bilan  yillik shartnomaga imzo chekadi. 

Angliyada transferlar oynasi Toshkent vaqti bilan 21:00da yopiladi. Avvalroq, "neradzurrilar" 26 yoshli hujumchi uchun 65 mln evro to'lashi ma'lum qilingandi. O'tgan mavsum Romelu APLda 32 ta uchrashuvda 12 ta gol urdi. 

O'xshash yangiliklar


Manba: gazzetta.it