Loran Blan: "Ibragimovich bo'lganida har bir uchrashuvda 5tadan gol urgan bo'lar edik"

Aslanov Jasurbek
29 apr 2015, 10:20
PSJ bosh murabbiyi Loran Blan "Metc" ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng (2:1), hujumchi Zlatan Ibragimovichning yo'qligi jamoaga ta’sir qilayotgani haqida ta'kidladi.

- Zlatan "Nant"ga qarshi uchrashuvda maydonga qaytadi. Zlatansiz harakat qilgan shogirdlaringiz o'yinida farq sezildimi?

- Nega bunday deyapsiz?

- Kavani va Pastore so'ng o'yinlarda ko'plab foydali harakatlarni amalga oshiryapti...

- O'tgan mavsumda Zlatan maydonda edi va biz mavsumni juda yaxshi o'tkazdik. Agar u bu mavsumda ham ko'proq maydonga tushganida hech narsa o'zgarmas edi.

- Zlatansiz uch uchrashuvda jamoangiz 12ta gol urdi.

- Ibragimovich bo'lganida har bir uchrashuvda 5tadan gol urgan bo'lar edik.



Aslanov JasurbekMuallif
Manba: sport-express.ru