

“Liverpul” ustozi Yurgen Klopp yozgi transferlar vaqtida jamoaga “Bayer”dan Kay Xavercni olib kelish niyatida. Klopp ushbu transferni yozgi xaridlar vaqtidagi eng asosiysi deb hisoblamoqda. Avvalroq Leverkuzen klubi Xavercni 130 mln evro evaziga sotishga tayyorligi xabar qilingandi. Futbolchiga “Bavariya” asosiy da'vogar sifatida ko'rsatilgan, biroq uning transfer narxidan so'ng myunxenliklar bu summaga uni sotib olmasliklari ma'lum bo'lgandi.



