"Liverpul"ning avgust oyidagi eng yaxshi o'yinchisi ma'lum bo'ldi
12 sen 2019, 20:45
Hujumchi Muhammad Salah "Liverpul"ning avgust oyida eng yaxshi o'yinchisi deb topildi.
27 yoshli misrlik futbolchi klub rasmiy saytida o'tkazilgan ovoz berish jarayonida trioning qolgan ikki a'zosi Roberto Firmino va Sadio Maneni ortda qoldirdi.
Qayd etish joizki, Salax avgust oyida 6ta o'yin o'tkazdi – 3 ta gol, 2 ta assist.