Liga 1. “Nicca” o'z uyida g'alaba qozona olmadi

25 yanv 2020, 07:32
Liga 1 21-turi doirasida ilk uchrashuv bo'lib o'tdi.

Unda “Nicca” klubi “Renn”ni qabul qilib, 1:1 hisobida durang qayd etdi. Ushbu natijadan so'ng “Renn” 37 ochko bilan musobaqa jadvalida 3-o'rinda borayotgan bo'lsa, “Nicca” esa 29 ochkosi bilan 10-pog'onadan joy olgan.

Nicca – Renn 1:1

Gollar: 1:0 – 47 Dolberg, 1:1 – 81 Te.

Nicca – Benites, Erey, Danilo, Dante, Sarr (Nsoki, 74), Maolida (Ganago, 74), Le-Melu, Sipren, Unas, Klod-Moris, Dolberg.

Renn – Mendi, Boe, Nyanon, Morel, Mauassa (Nyamsi, 27; Jelen, 50), Rafinya, Kamavinga, Lea Siliki, Te, Yunu (Gboo, 76), Nyang.

Ogohlantirishlar: Lea Siliki (65).

O'xshash yangiliklar