Pol Pogba 811 kundan so'ng yana maydonga qaytdi

Omonjon To`xtamirzayev
23 noya 2025
"Monako" yarim himoyachisi Pol Pogba Fransiya chempionati 13-turi doriasidagi "Renn"ga qarshi bahsda debyut qildi.

Uchrashuv monegasklarning yirik hisobdagi (1:4) mag'lubiyati bilan yakunlandi. 

32 yoshli Pogba 85-daqiqada zaxiradan maydonga tushirildi. Oxirgi marta Pogba "Yuventus" safida 2023 yil 3 sentyabr kuni rasmiy uchrashuvda maydonga tushgandi. Oradan 811 kun o'tib, futbolchi yana maydonga qaytdi. 

Eslatib o'tamiz, "Monako" keyingi o'yinini YCHL umumiy bosqich doirasida 26 noyabr kuni "Pafos"ga qarshi o'tkazadi.

26 noya 2025, 22:45
Pafos FC — Monaco
2 – 2
Tugadi


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.asia