"Real" "Renn"ning 20 yoshli markaziy himoyachisi Jakeni kuzatib bormoqda. U Liga 1 mavsumida 15 ta o'yin o'tkazdi

Alisher Ostonov
13 dek 2025, 14:38
"Real" "Renn"ning 20 yoshli markaziy himoyachisi Jeremi Jakening o'yinlarini diqqat bilan kuzatib bormoqda, deb xabar berdi jurnalist Matteo Moretto.

Yozda fransiyalik futbolchi "Arsenal"ga o'tish variantidan voz kechgani xabar qilingandi.

Bo'yi 1,90 santimetr bo'lgan himoyachi Liga 1’ning joriy mavsumida 15ta o'yinda maydonga tushib, 3ta sariq va 1ta qizil kartochka oldi. U maydonda o'rtacha 88 daqiqa harakat qildi.

O'xshash yangiliklar


Alisher OstonovMuallif
Manba: Madrid Xtra