“Lester” 1969 yildan beri ilk bor Angliya Kubogi finaliga chiqdi

Eldor Akmurzayev
19 apr 2021, 01:10
Angliya Kubogi yarim finalida “Lester” minimal hisobda “Sautgempton”ni taslim etdi – 1:0.

“Tulkilar” 1969 yildan beri ilk bor musobaqaning hal qiluvchi bosqichiga yo'l oldi. O'shanda jamoa finalda “Man Siti”ga imkoniyatni boy (0:1) bergan edi. “Lester” mazkur turnirda hali g'olib bo'lmagan. 

Eslatib o'tamiz, “Lester” va “Chelsi” o'rtasidagi final 15 may kuni “Uembli”da bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Opta Sports