Lamin Yamaldan yana bir rekord

Omonjon To`xtamirzayev
20 sen 2023
"Barselona" hujumchisi Lamin Yamal Chempionlar Ligasi doirasidagi "Antverpen"ga qarshi o'yinda (5:0) maydonga tushdi.

Futbolchi 68-daqiqada zaxiradan o'yinga qo'shildi va Kataloniya klubi tarixidagi YCHL uchrashuvida ishtirok etgan eng yosh futbolchiga aylandi. 

YCHLning yosh debyutantlari ro'yxatida "Borussiya Dortmund" a'zosi Yussufa Mukoko yetakchilik qilmoqda. U 16 yosh va 18 kunligida Chempionlar Ligasi o'yinida qatnashgan. Ispaniyalik esa 16 yosh va 68 kunlik edi.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.asia