Lallana Malta va Sloveniyaga qarshi o'yinlarda maydonga tusha olmaydi

Narzulla Saydullayev
2 okt 2016, 10:15
Liverpul ustozi Yurgen Klopp Suonsiga qarshi o'yindan so'ng (2:1) Adam Lallana jarohat tufayli Angliya termasiga yordam bera olmasligini aytib o'tdi.

U terma jamoada maydonga tusha olmaydi. Umid qilamanki, 15-16 kundan so'ng maydonga qaytadi, – deydi Klopp.

JCH-2018 saralashi doirasida inglizlar 8 oktyabrda Malta, 11 oktyabrda Sloveniya bilan o'ynashadi.

Lallana bu mavsumda APLda 3ta gol urdi va 3ta golli pas berdi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: bbc.com