Koronavirus Info. O'zbekistonda koronavirus infekciyasi bilan kasallanganlar soni 100dan ortdi, yana bir erkak vafot etdi

Narzulla Saydullayev
28 mar 2020, 10:15
Telegramdagi rasmiy "Koronavirus Info" kanalidagi eng muhim xabarlarni taqdim etib boramiz.

Ayni vaqtgacha mamlakatimizda koronavirus infekciyasi bilan kasallanganlar soni 16 taga oshib, 104 nafarni tashkil etmoqda.

Ularning 6 nafari 26 mart kuni Moskva–Toshkent charter reysi orqali olib kelingan va karantinga olinganlar, 7 nafari ham 26 mart kuni Istanbul–Toshkent charter reysi orqali olib kelingan va karantinga olinganlar orasidan hamda 3 nafari bemorlar bilan muloqotda bo'lganlar orasidan aniqlangan. Shuningdek, oxirgi kun davomida 1 nafar bemor (erkak)da o'lim holati qayd etildi.


#uydaqoling

#vahimasizkarantin

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia