Konte: "Mavsum oxirida "Chelsi"ni qanday kuchaytirish borasida rahbariyat bilan suhbatlashamiz"

Aslanov Jasurbek
1 apr 2017, 20:14
"Chelsi" bosh murabbiyi Antonio Konte yozgi xaridlar borasidagi gap-so'zlarni mavsum oxiriga qoldirmoqchi.

"Hozir biz uchun asosiysi - chempion bo'lish. Mavsumni yakunlaganimizdan so'ng rahbariyat bilan jamoani qanday kuchaytirish borasida suhbatlashamiz. Shunday klubning murabbiyi ekanimdan xursandman.

Hozir ishlarimiz yaxshi ketmoqda, har bir futbolchi 120% kuchini ishga solmoqda va bu yaxshi. Kelasi mavsum haqida gapiradigan vaqt kelganda, hozirgidan kuchliroq bo'lish uchun birgalikda to'g'ri qaror qabul qilamiz" - deydi Konte.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com