Kolumbiyada Falkaoga haykal o'rnatishdi

22 sen 2018, 01:07
“Monako” va Kolumbiya terma jamoasi hujumchisi Radamel Falkao tug'ilib o'sgan shahar – Santa-Marteda futbolchining sharafiga haykal o'rnatildi.

Oq rangda, 6 metr balandlikda o'rnatilgan haykal uchun 3,33 ming dollar xarajat qilingan.

2013 yildan buyon “Monako” sharafini himoya qilayotgan 32 yoshli futbolchi faoliyati davomida “Chelsi”, MYU, “Atletiko”, “Portu”, “River Pleyt” va “Lanseros Boyaka” (Kolumbiya”) jamoalarida to'p tepgan.

O'xshash yangiliklar


Manba: ESPN GB