Klopp Chempionlar Ligasi qur'asini baholadi

Sherzod Nurmatov
26 avg 2022, 19:14
"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp Chempionlar Ligasi guruh bosqichi qur'a tashlash marosimi natijalari haqida fikr bildirdi.

Eslatib o'tamiz, angliyaliklar "S" guruhida "Ayaks", "Napoli" va "Reynjers" bilan o'ynaydi.

"Guruhimizdagi barcha klublar o'z tarixiga ega, hammaning imkoniyati bor. O'yinlarni intiqlik bilan kutamiz.

Bu yil guruh bosqichi odatdagidan erta yakunlanishi kerak. Biz nafaqat darajaga, balki boshqa talablarga, boshqacha ritmga tayyor bo'lishimiz kerak", – dedi murabbiy.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: The Mirror