Klaudio Raneri: Kante ketganidan xavotir olmang

Narzulla Saydullayev
25 iyul 2016, 09:45
"Lester" ustozi Klaudio Raneri Ngolo Kantening klubni tark etganidan tashvishga tushmasliklarini so'ramoqda.

"Chelsi" Kanteni 32 million funtga sotib oldi.

"O'tgan mavsum oldidan bizni Esteban Kambyasso klubni tark etgandi. Barcha xafa bo'lgandi. Endi barcha Ngolo Kante ketganidan tashvishda. Bundan xafa bo'lmasliklarini so'rab qolaman. "Lester"dagi futbol tugagani yo'q, - deydi "Lester" ustozi.

Kantening o'rniga Angliya chempioni o'z safiga "Nicca"dan Nampali Mendini qo'shib oldi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: SkySports.com