

Avvalroq tomonlar Kanteni En-Nesiri va 4 million evro evaziga almashtirish bo'yicha kelishuvga erishgan edi. Biroq hujjatlardagi muammolar sabab transfer amalga oshmadi, FIFA esa klublarning apellyaciyasini rad etdi.
"Fenerbaxche" klubi bayonoti:
"Ngolo Kante va Yussef En-Nesiri transferi bo'yicha "Al Ittihod" bilan muzokaralar klubimiz tomonidan barcha parametrlar bo'yicha reja asosida olib borildi. Murabbiylar shtabining so'roviga ko'ra, futbolchilar bilan kelishuvga erishildi, tibbiy ko'riklar o'tkazildi va klubimiz o'z majburiyatlarini o'z vaqtida bajardi. Transferni ro'yxatdan o'tkazish uchun hujjatlar tizimga to'liq va to'g'ri yuklandi.
Biroq ikkinchi tomon (Al Ittihod) ma'lumotlarni TMS tizimiga noto'g'ri kiritgani sababli, jarayon transfer oynasi vaqtida yakunlanmadi. Klubimiz FIFA bilan muzokaralar olib borib, vaziyatni o'nglashga harakat qildi. Shunga qaramay, Saudiya klubi hech qanday tushuntirish bermasdan jarayonni oxiriga etkazmadi. Natijada transfer amalga oshmay qoldi. Biz muxlislarimizning tushungan holda qo'llab-quvvatlashlariga ishonamiz", - deyiladi klub bayonotida.
Shunday qilib, Ngolo Kante Saudiya Arabistonida qoladigan bo'ldi, En-Nesiri esa Turkiyada faoliyatini davom ettiradi.



