Jahon chempioni Saudiya Arabistonidan APLga ko'chib o'tishi mumkin

Khoja
19 iyul 2024
Ngolo Kante faoliyatini yana APLda davom ettirishi mumkin.

Fransiyalik futbolchiga Vest Xem Yunayted qiziqish bildirmoqda. London klubi 33 yoshli futbolchining transferi bo'yicha allaqachon Al Ittihod bilan muzokaralarni boshlab yuborgan. Inglizlar Fransiyalik yarim himoyachi uchun 23 million evro to'lashga tayyorliklarini ma'lum qilishgan.

Ma'lumot uchun, Kante o'tgan mavsum barcha musobaqalarda 44 ta uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta gol va 6 ta golli uzatma qayd etgan.


KhojaMuallif
Manba: championat.com