Klaudio Raneri: "Arsenal" "Uotford"ga hurmatsizlik qildi"

Aslanov Jasurbek
8 noya 2021, 16:00
Klaudio Raneri norozi.

"Uotford" bosh murabbiyi Kaludio Raneri APLning 11-turida "Arsenal"dan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng (0:1) raqib jamoani sportga hos bo'lmagan o'yinda aybladi. 

"Biz to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordik, hamma "Arsenal" to'pni qaytarishini kutgandi. Sissoko va Rouz ularga: "Bizga to'pni qaytarib beringlar, jarohat olgan futbolchi tufayli to'pni maydondan chiqarib yuborgandik",- deyishdi. Bunday so'zlardan keyin "Arsenal"ning to'pni qaytarmagani juda g'alati bo'ldi. Arteta bilan munosabatlarimiz juda yaxshi. Men unga bu hurmatsizlikdan boshqa narsa emasligini ta'kidladim",- deydi Raneri Goal nashriga.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Goal.com