Klarens Zeedorf Ispaniya chempionatida o'zining debyut uchrashuvida mag'lub bo'lgan ilk gollandiyalik murabbiyga aylandi

13 fev 2018, 08:40
Zeedorf “Deportivo” bosh murabbiyi sifatida o'zining debyut o'yinida mag'lubiyatga uchradi.

“Deportivo” o'z maydonida “Betis”ga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi. Shu tariqa Klarens Ispaniya chempionatida o'zining debyut uchrashuvida mag'lub bo'lgan ilk gollandiyalik murabbiyga aylandi. Ungacha birorta gollandiyalik murabbiy o'zining ilk uchrashuvida mag'lub bo'lmagandi.

Ma'lumot uchun Zeedorf o'tgan haftada “Deportivo” bosh murabbiyiga aylangan edi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Opta