Zeedorf: “Musulmonlar oilasiga qo'shilganimdan baxtiyorman”

Eldor Akmurzayev
6 mar 2022
Niderlandiyalik sobiq futbolchi Klarens Zeedorf islom dinini qabul qilgani haqida xabar berdi.

“Musulmonlar oilasiga qo'shilganim sharofati bilan menga yo'llagan barcha yoqimli xabarlaringiz uchun tashakkur. Butun dunyodagi ko'plab birodarlarim safiga qo'shilganimdan xursandman. Islom dinini chuqurroq tushunishga sabab bo'lgan go'zal Sofiyamga (rafiqasi) minnatdorchilik bildiraman.

Ismimni o'zgartirmayman. Ota-onam qo'ygan nomda qolmoqchiman. Butun jahonga o'z muhabbatimni izxor etaman”, deya ijtimoiy tarmoqlaridagi sahifalariga post joylagan 45 yoshli sobiq yarim himoyachi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: instagram.com/clarenceseedorf