

Mojaro nima haqida?
Eslatib o'tamiz, Joze Mourinyu o'yindan so'ng Vinisiusning har bir stadionda mojarolarga sabab bo'lishini aytgan va uning gol nishonlashini tanqid qilgan edi. Bu esa ko'pchilik tomonidan irqchilikni bilvosita oqlash sifatida qabul qilindi.
Zeedorfning munosabati:
Zeedorfning fikricha, hech qanday provokaciya irqchilikka asos bo'la olmaydi:
"Menimcha, Mourinyu hali ham hissiyotlar ta’sirida. U irqchilikni oqlash orqali katta xatoga yo'l qo'ydi. U Vinisius qaerga borsa, shunday voqealar sodir bo'lishini aytmoqda. Bu bilan u: Agar Vinisius seni provokaciya qilsa, irqchi bo'lish normal holat, degan manoni beryapti. Bu mutlaqo noto'g'ri!
Biz hech qachon, hech qanday sharoitda irqchilikni oqlashimiz kerak emas. Vinisius esa odamlarning bunday asossiz harakatlaridan charchagan. Muxlislarga kimdir raqs tushsa yoki shunga o'xshash ish qilsa, irqchi bo'lish mumkinligini uqtirmasligimiz kerak", - dedi Zeedorf.
"Special One"ning ichki dunyosi:
Shu bilan birga, Zeedorf Mourinyu aslida bunday fikrda emasligiga ishonishini qo'shimcha qildi:
"Bilaman, Joze qalbining tubida menga qo'shiladi. Lekin u juda noo'rin ifoda ishlatdi".
Madrid va Lissabon o'rtasidagi "jang" maydondan tashqarida ham haqiqiy afsonalar o'rtasidagi bahsga aylanib ketdi.



