Kilian Mbappe 2 ta o'yinga diskvalifikaciya qilindi

9 fev 2018, 09:25
Bu qarorni Fransiya futbol federatsiyasi qabul qildi.

Kubok doirasida “Renn”ga qarshi o'tgan o'yindagi qo'polligi uchun maydonda chetlatilgan Mbappe ikkita o'yinga chetlashtirildi. Federatsiya uning harakatlarini o'ta qo'pol deya baholagan.

Endi hujumchi Liga kubogining bir uchrashuvi hamda Liga 1 ning “Strasbur”ga qarshi o'yinini o'tkazib yuboradi.

O'xshash yangiliklar


Manba: ПСЖ расмий сайти