Kesse butun hayoti davomida "Milan"da qolishni xohlashini aytdi

Alisher
26 iyul 2021, 10:37
"Milan" yarim himoyachisi Frank Kesse klubdan ketishi haqida gapirdi.

"Men shunchaki "Milan"da bo'lishni xohlayman. O'zimni prezident sifatida ko'rmoqdaman. Olimpiadadan qaytishim bilan, barchasini to'g'irlayman.

Har doim Milan klubida qolishni xohlayman. Maldini va Massara bu borada mening o'y-hayollarimni bilishadi", - deydi Kesse.

Futbolchi o'tgan mavsum A Seriya doirasidagi 34ta o'yinda maydonga tushib, 10ta gol va 3ta assist qayd etdi. Xavbekning amaldagi shartnomasi 2022 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Gazzetta dello Sport