Kavani "Nyukasl" bilan o'ynamaydi. U sobiq jamoasiga qarshi o'yinda debyut qilishi mumkin

7 okt 2020, 23:58
"Manchester Yunayted"ning yangi hujumchisi Edinson Kavani APL doirasidagi "Nyukasl"ga qarshi o'yinni o'tkazib yuboradi.

Xabaringiz bor, urugvaylik hujumchi "qizil iblislar" safiga erkin agent sifatida kelib qo'shildi. U Buyuk Britaniyaga tashrif qilgan paytdan keyingi 14 kunlik muddatni karantinda o'tkazishi talab qilinadi.

Kavani Manchester jamoasi tarkibida ilk bor Chempionlar Ligasi doirasidagi PSJga qarshi bahsda maydonga tushishi mumkin. Mazkur o'yin 20 oktyabrda o'tkazilishi belgilangan.

Rasman: Edinson Kavani "Manchester Yunayted"da 7-raqamda o'ynaydi 

O'xshash yangiliklar


Manba: Sky Sports