

“Ispaniyadagi “klassiko”da sen futbolchi sifatida katta o'sishga erishasan. Bu Er yuzida futbol klublari o'rtasida eng yorqin va qiziqarli to'qnashuv. Albatta, dunyoda derbilar ko'p. Ammo Madrid va Barselona klublari bahsida hammasi yuqori saviyada bo'ladi va unda har narsa sodir bo'lishi mumkin. Chunki so'nggi yillarda ushbu klublarda dunyoning eng kuchli futbolchilari to'p tepishdi.
Hozircha YCHL finalida “Real”- “Barselona” qarama-qarshiligini ko'rish nasib etmadi. O'ylashimcha, biz hali bunga tayyor emasmiz. Bu bunga uxshash holatni ko'plab turnirlarda kuzatdik, masalan Libertadores kubogi. Ammo “Real” va “Barselona” o'rtasida YCHL final bahsi juda qattiq to'qnashuvga aylanishi aniq.
YCHL finalida “Real” va “Atletiko” bahsiga guvoh bo'ldik. Ishonaman,ertami kechmi YCHL finalida “Barsa”va “Real” to'qnashuviga guvoh bo'lamiz”, deya Kasilyasning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda UEFA rasmiy sayti.



