JCH saralash. Son Xyong Min terma jamoasiga g'alaba keltirdi

Xayrulla Xoliqov
7 okt 2021, 18:47
Bugun Osiyo mintaqasida JCH saralash bahslarining uchinchi bosqich 3-tur o'yinlari bo'lib o'tyapti.

"A" guruhida dastlabki uchrashuv o'tkazildi. Janubiy Koreya o'z maydonida Suriyani qabul qilib, qiyinchilik bilan 2:1 hisobida zafar quchdi. O'yinning 47-daqiqasida koreyaliklar hisobni ochgan bo'lsa, 83-daqiqada Omar Xrbin o'rtadagi muvozanatni tikladi. 

Bahs durang natija bilan yakunlanishi mumkin bir paytda Son Xyong Min katta sahnaga chiqib, 88-daqiqada suriyaliklar darvozasini ishg'ol qildi va o'z terma jamoasiga navbatdagi 3 ochkoni taqdim etdi. 

Ushbu guruhda bugun shuningdek, BAA - Eron, Iroq - Livan uchrashuvlari ham bo'lib o'tadi. Turnir jadvalida Janubiy Koreya 7 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. Ikkinchi o'rindagi Eron hisobida 6 ochko va uchinchi o'rindagi BAA hisobida 2 ochko bor.

O'xshash yangiliklar


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: championat.asia