

“Rossiya safari menda ijobiy taasurotlar qoldirmoqda. Bu yurt insonlari musobaqani o'tkazishga jiddiy hozirlik ko'rishgani har qadamda bilinib turibdi.
Stadionlar juda chiroyli va fantastik tarzda. Bu ayniqsa, Sankt Peterburg, Qozon, Sochi va Moskva shaharlaridagi majmualarda yaqqon namoyon bo'lmoqda va men bu stadionlarda o'yinlarni sabrsizlik bilan kutmoqdaman.
Konfederatsiyalar kubogi o'ziga xos sinov vazifasini o'tab beradi: musobaqa davomida barcha jihatlarni ko'zdan kechirib, barchasi qanday o'tishini bilib olamiz. Va kelgusida oldimizda hech qanday muammolar yuzaga kelmasligiga ham ishonch hosil qilamiz.
Ishonamanki, JCH-2018 bahslari yuqori tashkilotchilik ruhi ostida o'tadi. Albatta, bu JCH -2018 Konfederatsiyalar kubogiga nisbatan kengroq miqyosdagi turnir. Ammo bugun boshlangan musobaqada biz bir yildan ozroq vaqt qolgan mundialga mezbonlarning tayyorgarligi, qaysi jihatlarni yaxshilash, yuzaga kelishi mumkin bo'lgan muammolarni amalda qanday echish mumkinligiga guvoh bo'lamiz”, deya ta'kidladi FIFA rahbari.



