Italiya terma jamoasini boshqarishi mumkin bo'lganlar ro'yxatida 3 nafar nomzod bor

Aslanov Jasurbek
9 yanv 2018, 17:32
Italiya futbol federatsiyasi rahbariyati milliy terma jamoa bosh murabbiyligi uchun uch mutaxassisni nomzod sifatida ko'rib chiqmoqda.

Ma'lumotlarga ko'ra, Jampero Ventura ketgan joyga "Zenit" bosh murabbiyi Roberto Manchini, "Chelsi" ustozi Antonio Konte va hozir ishlamayotgan Karlo Anchelotti da'vogarlik qilgan.

Oldinroq Karlo Anchelotti klub darajasida ishlamoqchi ekanligini aytgan edi. Kontega to'xtaladigan bo'lsak, "Chelsi" bosh murabbiyi milliy jamoada futbolchilar bilan ishlash uchun vaqt kamligidan noligan.

Rossiyada ishlayotgan Roberto Manchini esa taklifni ko'rib chiqishga tayyor.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Football Italia