“Inter” JCH-2018ning eng yaxshi futbolchisi uchun 40 mln taklif qildi

Aziz Tukhtamuradov
5 avg 2018, 09:05
Xorvatiya terma jamoasi yarim himoyachisi faoliyatini Italiya A Seriyasida davom ettirishga yaqin turibdi.

Madridning “Real” klubi yetakchisi Luka Modrichga hamon Milanning “Inter” jamoasi jiddiy qiziqish bildirmoqda. Xorvatiyaning Index nashri xabariga ko'ra, “Inter” va “Real” klublari JCH-2018ning eng yaxshi futbolchisi transferi yuzasidan muzokaralarni boshlashgan. 

Manbaning xabar berishicha, milanliklar futbolchi uchun 40 million evro taklif qilishgan. “Qirollik klubi” esa Modrich uchun 70 million evro so'ramoqda. O'ttiz ikki yoshli Lukaning “Real” bilan shartnomasi 2020 yilgacha imzolangan.

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif