Inesta "Barselona" bilan shartnoma uzaytirish borasida bir to'xtamga kelmadi

Aslanov Jasurbek
20 apr 2017, 12:12
"Barselona" yarim himoyachisi Andres Inesta klub bilan shartnoma uzaytirish borasida yakuniy qaror qabul qilgani yo'q.

Ma'lumotlarga ko'ra, Ispaniya terma jamoasi futbolchisi Kataloniya klubi rahbariyatining rejalarini tushunib olmoqchi. Masalan, futbolchi jamoa kelasi mavsumda qanday o'ynashiga qiziqmoqda. Bundan tashqari, Inesta ko'proq o'yin amaliyotiga ega bo'lishni istaydi. Inesta "Barselona"ning taklifidan qoniqmadi, unga moliyaviy shartlar yoqmayapti.

Andres Inesta joriy mavsum LaLiganing 19 ta uchrashuvida maydonga tushib, 3 ta golli pas berdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Cadena Ser