

Oldinroq Mino Rayola hujumchi "Milan"ga qaytishi mumkinligini aytib o'tgandi.
"Hozircha kelajagim borasida bir qarorga kelmadim. Ha, Yevropaning ko'plab jamoalari mening xizmatlarimga qiziqish bildirmoqda. Biroq men bu yerda baxtliman. O'z hayotim va oilamni yaxshi ko'raman.
O'ynashda davom etishim uchun katta sabab bo'lishi kerak. Oddiy jamoaga o'tishni, Yevropaga shunchaki qaytishni istamayman. Chunki men Zlatanman", - dedi Ibragimovich.



