Husayn Norchaev: "Golimni maydon tashqarisida qo'llab-quvvatlagan muxlislarga bag'ishlayman"

Aziz Tukhtamuradov
16 iyun 2022, 08:27
U-23 Osiyo kubogi yarim finalidan o'rin olgan Yaponiyaga qarshi uchrashuvdan so'ng futbolchilarimizning fikrlari bilan qiziqdik.

Husayn Norchaev saytimizga o'z taassurotlarini bo'lishdi.

"Xudoga shukur g'alaba qozondik. Muhimi Iroqqa qarshi kechgan o'yindan keyin bu uchrashuvga tiklanishimiz edi. Shu jihatdan havotir oldik, deya olaman. Kuchli jamoadan ustun keldik. Bu vatanimizning g'alabasi",- deydi Norchaev. 


- Yaponiya juda tartibli himoyalanadi. Ularning mudofaasini yorib o'tish qiyinchilik tug'dirmadimi?

- Yo'q. Ikkita gol bunga javob berib turibdi.


- Golingizni kimga bag'ishladingiz?

- Maydon tashqarisida qo'llab-quvvatlab turgan muxlislarga. Garchi stadionga kiritishmagan bo'lsada, ekran ortida olqishlashdi. Buni sezib turdik.

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: championat.asia