Eshitdik-da! Husayn Norchaev "Navbahor"ga o'tmoqda

Administrator
17 fev 2026, 23:39
Superliga klublari yangi mavsum oldidan tarkibni shakllantirishni yakunlay deb qolishdi.

"Championat.asia" ma'lumotiga ko'ra, Kapadze boshchiligidagi "Navbahor" klubi o'tgan mavsumning uchinchi to'purari Husayn Norchaev bilan shartnoma imzolash arafasida. Tomonlar o'zaro kelishuvga erishgan va Namangan klubi tez orada transferni e'lon qiladi. Futbolchi mavsum so'nggiga qadar "Navbahor"da to'p tepadi.

Norchaev dekabr oyida Germaniyaning Myunxen shahrida oyog'idan operaciya qilingan edi. Ayni paytda esa Italiyada reabilitaciya jarayonini o'tkazmoqdi. Hujumchi Apennin yarim orolidagi reabilitaciya yakunlanganidan keyin "lochinlar" ixtiyoriga kelib qo'shiladi. Husaynning "Navbahor"ga o'tishida Timur Kapadze muhim rol o'ynadi, futbolchi sobiq ustozi qo'lida o'ynashni xohladi.

Eslatib o'tamiz, Norchaev o'tgan mavsum Superligada 14 ta to'p kiritgan edi.

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: championat.asia