Gvardiola yozda "Siti"ning uchta chizig'ini kuchaytirmoqchi

Mirjalol Normatov
20 dek 2019, 19:42
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola yozgi transferlar oynasi vaqtidagi rejalarni tuzishni boshladi.

"The Athletic" xabariga ko'ra, ispaniyalik mutaxassis ushbu mavsum yakunlanganidan keyin uch chizig'ini kuchaytirishni rejalashtirmoqda. Gap markaziy himoyachi, chap qanot himoyachisi va Leroy Sane ketadigan taqdirda yangi vinger kerak bo'ladi.

48 yoshli mutaxassis ayni damda Mikel Artetaning o'rniga boshqa yordamchi murabbiy qidirmoqda.

Ammo Gvardiolaning talablari bajarilmaydigan bo'lsa, u jamoadan ketadi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: The Athletic