

“Yaxshi natija, ammo o'yin emas. Bizga omad kulib boqdi. Ammo birinchi golda “Nyukasl” yaxshi himoyalana olmadi, 2-golda esa Kanseloning individual mahoratini ko'rdik. Birinchi bo'lim – jamoamiz uchun mavsumdagi eng yomonlaridan biri bo'ldi. Ikkinchi taymda esa ancha yaxshiroq ko'rindik.
Rekordlar jamoamizning qanchalar barqarorligini ko'rsatib turibdi. Bu titullar degani emas, ammo g'alabalar birin-ketin qo'lga kiritilmoqda. Rekordlar ularni zabt etish uchun mavjud va bunga erishayotganimizdan xursandman", deydi Pep Gvardiola.



