Gvardiola Holandning professionalligini yuqori baholaydi

Sherzod Nurmatov
19 yanv 2025, 18:58
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola hujumchi Erling Holandga bo'lgan munosabati haqida to'xtalib o'tdi.

Norvegiyalik yaqinda "shaharliklar" bilan 2034 yilgacha mo'ljallangan yangi shartnoma imzoladi.

"Erling bu yerda birinchi kundanoq jismoniy tayyorgarligi ustida ishlamoqda va ajoyib professionallik ko'rsatdi. U har doim bu borada eng zo'r edi. Jarohatlar futbolning bir qismidir, ammo diqqatni jamlasangiz va maqsadingiz bo'lsa, ulardan qochish mumkinligiga ishonaman. Agar siz kuniga 24 soat shunday yashasangiz, jarohatlar kamroq bo'ladi", – dedi Gvardiola.

Erling Holand "Manchester Siti"ga 2022 yilning yozida "Borussiya" Dortmunddan kelib qo'shilgan edi.

Avvalroq "Manchester Siti" himoyachisi Akanji jamoaning hozirgi o'rni haqida gapirgan edi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: City Xtra