Gus Xiddink: "Rossiya 1/8 finalda Portugaliya bilan o'ynagani yaxshiroq, ispanlardan farqli, u yerda faqat Ronaldu xavfli"

Omonjon To`xtamirzayev
23 iyun 2018, 18:42
Rossiya terma jamoasining sobiq murabbiyi Gus Xiddink mezbonlar JCH-2018 1/8 finalda kim bilan kuch sinashgani yaxshiroqligini aytib o'tdi.

"Bu vaziyatda Portugaliya qulayroq raqib. Menga Ispaniya termasining o'yini yoqyapti. Jamoa kombinacion futbol orqali raqibni istalgan vaqtda jazolashi mumkin. Bir soniyaga e'tiborsizlikka yo'l qo'ydingizmi, ispanlar sizni kechirmaydi. Portugaliyada esa bunga faqatgina Krishtianu Ronaldu qodir.

Ronaldu kerakli vaqtda, kerakli joyda paydo bo'la oladi. U kutilmaganda, raqib e'tiboridan qochib, to'pga ega chiqadi va – bum!

Ispaniya esa butun o'yin xotirjam o'yin ko'rsatib, oxirgi 20 daqiqada raqibini taslim qilishi mumkin. Eron "Qizil furiya"ga qarshi qanday o'yin ko'rsatganiga e'tibor berdingizmi? Birinchi bo'limda ular faqat himoya haqida o'ylashdi. Gol qo'yib yuborgach, "O, kelinglar, endi biz ham futbol o'ynaymiz" deyishdi. Hamma ko'rdiki, bu ularning qo'lidan kelar ekan. Ular yaxshi imkoniyatlar yarata olishdi. Qaysidir vaziyatlarda, qaysidir manoda eronliklar ispaniyaliklardan ham xavfliroq o'yimn namoyish etishdi!

Ammo hisobni tenglashtirishga ulgurishmadi. Bu dars bo'lishi kerak. Butun o'yin davomida faqat himoya haqida, gol o'tkazmaslik haqida o'ylash noto'g'ri. Vaziyat istalgan vaqtda o'zgarib ketishi, natijada xatoni to'g'rilashga sizda vaqt qolmasligi mumkin", – dedi Xiddink.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: sports.ru