Gruziyalik futbolchi “Napoli”da Kavani va Kalexonning natijasini takrorladi

Eldor Akmurzayev
22 avg 2022, 09:50
A Seriya 2-turida “Napoli” 3:0 hisobida debyutant “Monca”ni taslim etdi.

Xvicha Kvaratsxeliya uchrashuvda o'z nomini tabloga yozdirib qo'ydi. U dastlabki turda “Verona”ga qarshi o'yinda ham gol urgandi.

Gruziyalik hujumchi 2010 yildan beri “Napoli” safidagi ilk ikki uchrashuvda gol urgan 4-futbolchiga aylandi. Avvalroq, bunday natijaga Edinson Kavani (2010), Xose Kalexon (2013) hamda Lorenco Tonelli (2017) erishgandi.

Kvaratsxeliya ushbu yoz “Dinamo” (Batumi)dan neapolliklar safiga kelib qo'shildi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Opta Sports