Grinvud Runining rekordini takrorladi

Eldor Akmurzayev
18 apr 2021, 22:30
APL 32-turidan o'rin olgan MYU – “Byornli” bahsida (3:1) Meyson Grinvud dublga erishdi.

19 yoshli futbolchi bugun “qizil iblislar” libosida 14 va 15-gollarini urdi.

MYU tarixida 20 yoshgacha futbolchilar orasida chempionatda shuncha gol urishga faqatgina Ueyn Runi muvaffaq bo'lgandi. Shu tariqa, Grinvud Runining natijasini takrorladi. 

Ulardan keyingi o'rinda esa Markus Reshford turibdi – 20 yoshga to'lguniga qadar APLda 13 ta gol.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: squawka