Futzal. Yangi mavsumga qur'a tashlandi. 1-turda ikkita derbi guvohi bo'lamiz

Tolibjon Qosimov
20 avg 2022, 11:45
Xabaringiz bor, 30 avgust kuni O'zbekiston Superkubogi uchun bahs bilan yurtimizda futzal mavsumiga start beriladi.

4-9 sentyabr kunlari esa Oliy liganing dastlabki tur bellashuvlari bo'lib o'tadi.

Futzal. 30 avgustda O'zbekiston Superkubogi uchun o'yin o'tkaziladi

Biroz avval PFLning yutubdagi rasmiy sahifasida futzal bo'yicha yangi mavsumga qur'a tashlandi. Futzal ixlosmandlari ilk turdayoq ikkita derbi guvohiga aylanadilar. Yani, Toshkent viloyati jamoalari AGMK (Olmaliq) va "Metallurg" (Bekobod) yangi mavsumni o'zaro o'yin bilan boshlashsa, Toshkent shahrining BMB va "Bunyodkor" klublari 1-turdan o'rin olgan uchinchi uchrashuvlarini bir-birlariga qarshi o'tkazishadi.

Futzal bo'yicha Oliy liga 1-tur o'yinlari:

04.09.2022

"Paxtakor" - "Oil Star"

"Nasaf" - "Maksam-Chirchiq"

"Lokomotiv" - "Neftchi"

05.09.2022

"Oil Star" - "Nasaf"

"Maksam-Chirchiq" - "Lokomotiv"

"Neftchi" - "Paxtakor"

06.09.2022

"Lokomotiv" - "Oil Star"

"Paxtakor" - "Maksam-Chirchiq"

"Nasaf" - "Neftchi"

07.09.2022

"Jizzax-Kenteks" - "Bunyodkor"

AGMK - "Metallurg"

BMB - "Navbahor"

08.09.2022

AGMK - "Bunyodkor"

BMB - "Metallurg"

"Jizzax-Kenteks" - "Navbahor"

09.09.2022

BMB - "Bunyodkor"

"Jizzax-Kenteks" - "Metallurg"

AGMK - "Navbahor"


Eslatib o'tamiz, futzal bo'yicha Oliy liga yangi mavsumining 1-turi Jizzax shahrida bo'lib o'tadi. Chempionatning amaldagi g'olibi "Jizzax-Kenteks" jamoasi hisoblanadi.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Championat.asia