

– Kirill, jamoaning eng tajribali futbolchisi sifatida guruhimiz haqida nima deya olasiz? Qur'a qanchalik omadli bo'ldi?
– O'ylashimcha, bizning guruhda kurash keskin kechadi. So'nggi turga qadar kim chorak finalga chiqishi aniq bo'lmasa kerak.
– Raqiblar haqida nima deya olasiz? Ularga qarshi oldin o'ynaganmisiz?
– O'zbekiston terma jamoasini yaxshi bilamiz. Xatto bazi futzalchilar bilan ijtimoiy tarmoqlar orqali gaplashib ham turamiz. Livan bilan oldin o'ynaganmiz. Bitta narsani aytishim mumkin – bu chaqilmas yong'oq. Saudiya Arabistoni esa "chiroyli ko'zlari" uchun Osiyo chempionatiga chiqmagan. Guruh borasida omadimiz keldi deya olmayman, lekin qur'a yanada og'ir kelishi mumkin edi.
Eslatib o'tamiz, Qirg'iziston Osiyo chempionatida "A" guruhida musobaqa mezboni O'zbekiston, Livan va Saudiya Arabistoni bilan kurash olib boradi.



