

Unda 16ta jamoa qashnashishini ham keltirgan edik. Lekin, musobaqada ishtirok etish istagini bildirgan klublar soni belgilanganidan ko'payib ketdi. O'zbekiston futzal Assotsiatsiyasi bu vaziyatni o'rganib chiqdi va barcha jamoalarga musobaqada ishtirok etish imkoniyatini yaratib berish maqsadida ishtirokchilar sonini 16tadan 20taga oshirdi. Endi jamoalar beshtadan 4 guruhga bo'lingan holda g'oliblik uchun kurashga kirishadilar. Assotsiatsiya kubogining o'tkazilish sanasida ham kichik o'zgarish ro'y berdi. Ishtirokchilar soni ortgani sabab turnir 24-31 oktyabr kunlari bo'lib o'tadi. Barcha uchrashuvlar "O'zbekiston" sport majmuasida o'tkaziladi.
"Assotsiatsiya kubogi-2016" ishtirokchilari:
1. "Ardus" (Toshkent)
2. "Bunyodkor" (Toshkent)
3. "Olmaliq" (Olmaliq)
4. "Maksam-Chirchiq" (Chirchiq)
5. "Do'stlik-AIN" (Qarshi)
6. "Nafis" (Samarqand)
7. "Metallurg" (Bekobod)
8. "O'zsanoatqurilishbank" (Toshkent)
9. "O'zDTV" (Toshkent)
10. "Five Star" (Toshkent)
11. "New Line" (Toshkent)
12. "All Brands" (Toshkent)
13. "Mikrokreditbank" (Toshkent)
14. "Urganchtransgaz" (Xorazm)
15. "Asnam" (Namangan)
16. "Dimaretti" (Namangan)
17. "Jayxun" (Xorazm)
18. "Govoryashhie rukami" (Toshkent)
19. "Vostok" (Toshkent)
20. "Farg'ona" (Farg'ona)



